Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolar orasida ayollar va bolalar soni ochiqlandi

11:35 03 Mart 2022 Jamiyat
901 0

Foto: UzA

2022-yilning 2-3-mart kunlari “Uzbekistan Airways” AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov xabar berdi.

Umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi.

Bugun yana bir necha evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер