Uychidagi ming yoshli tut va bir yarim asr avval ekilgan chinorlar tabiatsevarlar ardogʻida

18:32 15 Fevral 2022 Jamiyat
827 0

Foto: Халқ сўзи

Odatda umrboqiy daraxtlar sanogʻida dastavval chinorni tilga olamiz. Amalda esa uzoq yashashda undan qolishmaydiganlari ham koʻp ekan. Namangan viloyati Uychi tumanining Boyagʻon mahallasidagi qabriston hududida savlat toʻkib turgan Samarqand tuti bunga misol. Avlodlar osha oʻtib kelgan maʼlumotlarga qaraganda, uning yoshi oʻn asrdanda ziyod. “Moʻysafid” daraxtni uzoq yillik tarixga ega qishloqqa nomi berilgan Boyagʻon ismli kishi oʻtqazgan, deyishadi. Keksayu yosh ardogʻidagi tut pishiqchilik mavsumi kelishi bilan bolajonlarni oʻzining totli mevasi bilan siylaydi.

Fayziobod mahallasida yashnab turgan toʻrt chinorni ham mahalliy aholi koʻz qorachigʻiday asrab kelmoqda. Yozuvlarda ular 1870-1880-yillarda ekilgani aksini topgan.

— Qahramon mahallasidagi bir yarim asrdan buyon yashab kelayotgan ikki tup chinor ham ota-bobolarimizdan yodgorlik, — deydi Uychi tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi rahbari Sherzod Umrzoqov. — Ularning barchasi maxsus roʻyxatga kiritilib, parvarishi qatʼiy nazoratga olingan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер