Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
Foto: Kon-geologiya vazirligi
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Ravshanovich Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimining 11-iyuldagi farmoyishida maʼlum qilindi.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, Farhod Abdullayev “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlangan. Uchtepa tumani hokimi vazifasini esa hokimning birinchi oʻrinbosari Jamshid Olimjonov vaqtincha bajarib turadi.
Maʼlumot uchun, Farhod Abdullayev 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida qator korxonalar rahbari, xususan, 2011−2017-yillarda Sergeli tumanidagi “Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ bosh direktori, 2017−2018-yillarda “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2019-yildan to hozirgacha Farhod Abdullayev poytaxtning Uchtepa tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq Buxoro shahrining sobiq hokimi Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring