Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

Taniqli sanʼatkor Oygul Xalilova kecha, 31-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, «Doʻstlik ordeni” sohibasi, ustoz sanʼatkor, betakror ovoz sohibasi, yetuk aktrisa hamda mahoratli pedagog Oygul Temirovna Xalilova bu yorugʻ olamni tark etdi», deb yozadi teatr jamoasi.
Qashqadaryolik jurnalist Gʻolib Amirovga koʻra, aktrisaning oʻlimiga avtohalokat sabab boʻlgan. Marhumaning yaqinlari u shifoxonada vafot etganini bildirgan.
Oygul Xalilova mehnat faoliyati davomida:
- 2001-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” unvoni bilan;
- 2011-yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 20-yilligi sharafiga yubiley koʻkrak nishoni bilan;
- 2016-yilda Xalilova “Doʻstlik” ordeni va Oʻzbekiston mustaqilligining 25-yilligi sharafiga yubiley koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring