Davlat idoralarining rasmiy saytlari yagona platformaga oʻtkaziladi
2025-yil 31-yanvar kuni “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari “UZINFOCOM” bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yoʻlga qoʻyadi. Vazirlik va idoralar hukumat doirasidagi ishlar va tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarni chop etishdan oldin bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishi talab etiladi.
Taʼkidlanishicha, yangi tashkil etilgan davlat organlari ham oʻzlarining rasmiy veb-sayt faoliyatini tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yoʻlga qoʻyishlari kerak.
Yagona platformaga oʻtkazilganidan soʻng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-sayt domen manzillari va maʼlumotlari ham platformaga yoʻnaltiriladi yoki ularning faoliyati toʻxtatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring