Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Sirdaryo viloyati hokimligida yangi tayinlov amalga oshirildi. Alisher Xidirov viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
U bu lavozimga tayinlangunga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyatida marketing va servis xizmatlari boʻyicha direktor sifatida faoliyat olib borgan.
Alisher Xidirov 1982-yilda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tavallud topgan. U oliy maʼlumotli boʻlib, 2004-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini, 2009-yilda esa Toshkent moliya institutini tamomlagan. U qurilish muhandisligi, buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislikka ega.
Mehnat faoliyati davomida Alisher Xidirov turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, davlat infratuzilmasi va transport sohasida katta tajriba toʻplagan. U “Temiryoʻlloyiha” OAJ institutida texnig va muhandis, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kapital qurilish direksiyasida qurilish boʻyicha muhandis-texnolog, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” shoʻba korxonasida hisobchi hamda qurilish boʻlimi muhandis-texnologi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJda qurilish boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat olib borgan.
Alisher Xidirov faoliyati davomida davlat boshqaruvi tizimida ham ishlab, tajribasini kengaytirgan. U Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib, hududda infratuzilmani rivojlantirish, transport va qurilish sohalaridagi islohotlarga rahbarlik qilgan.
Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari sifatida Alisher Xidirov hududda qurilish ishlarini muvofiqlashtirish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik holatni yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda viloyatni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ish olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring