Uch hududda fuqarolarni xorijiy davlatlarga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlganlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Payariq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. ushlandi. Ular oʻzaro til biriktirib, fuqaro X.A.ni AQShga ishga yuborishni vaʼda qilgan. Ushbu shaxslar buning uchun 18 000 dollar miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning uy-joyini firibgarlik yoʻli bilan rasmiylashtirib olishga erishgan.
Departamentning Gʻallaorol tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, u fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 12 600 dollarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Yashnobod tumanida DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirda M.O. va D.A. ismli fuqarolar qoʻlga tushdi. Xabarga koʻra, ular fuqaro T.B.ni Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 dollarni olgan.
Hozirgi kunda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring