Turkiyada yongʻin oqibatida 19 yoshli oʻzbekistonlik halok boʻldi

Videodan kadr
Joriy yilning 21-aprel kuni Istanbul shahri Kadikoy tumanining Fikirtepa mavzesida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 19 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Mahalliy manbalarga koʻra, yongʻin uch nafar chet ellik fuqaro yashagan uyning birida, tungi soat 02:30 lar atrofida yuz bergan.
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berishicha, 24-aprel kuni mazkur yongʻin oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarosining jasadini Vatanga qaytarilgan. Jarayon Bosh konsulxona va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, marhumning jasadini Oʻzbekistonga yuborish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan toʻliq qoplab berilgan.
Bosh konsulxona, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni Oʻzbekistonga yuborish uchun yordam puli yigʻilayotgani haqida yolgʻon va asossiz maʼlumotlar tarqatilayotganini aytib, fuqarolarni ogohlikka chaqirgan.
“Konsulxona fuqarolarimizni bu kabi notoʻgʻri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil toʻqnashuvi oqibatida bir otlaning ikki aʼzosi (ota-ona) halok boʻlgani, ularning 12 yoshli oʻgʻli hodisa oqibatida jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Bolalar ombudsmaniga koʻra, hozirda bola Oʻzbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramogʻiga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring