Reuters: AQSH Qurolli kuchlari Eronga qarshi uzoq muddatli operatsiyaga tayyorgarlik koʻrmoqda
Reuters agentligi xabariga koʻra, AQSH Qurolli kuchlari Eronga qarshi bir necha hafta davom etishi mumkin boʻlgan ehtimoliy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlar taʼkidlashicha, 2025-yil iyun oyida amalga oshirilgan operatsiyadan koʻra murakkabroq va keng qamrovli rejalar allaqachon ishlab chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ehtimoliy zarbalar nafaqat Eronning yadroviy infratuzilmasiga, balki davlat muassasalari va xavfsizlikni taʼminlovchi idoralarga ham qaratilgan boʻlishi mumkin.
Shu bilan birga, Vashington Tehron tomonidan javob zarbalari berilishi ehtimolini ham hisobga olmoqda. Bu esa mintaqada keng koʻlamli mojaro xavfini oshirishi mumkin.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarni oʻzi istagan muddatgacha davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan edi.
“Men ular bilan istaganimcha gaplashaman va kelishuvga erisha olamizmi-yoʻqmi — koʻramiz”, — degan edi Amerika rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring