AQSHda Ukrainaga Tomahawk raketalarini berishga chaqiriq yangradi
Respublikachi senator Lindsi Grem AQSH maʼmuriyatini Ukrainaga Tomahawk qanotli raketalarini yetkazib berishga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qildi.
Grem Myunxen xavfsizlik konferensiyasi yoʻlaklarida jurnalistlarga shunday degan:
“Men Ukrainaga Tomahawk yetkazib berilishini istayman. AQSH Putin uchuvchisiz qurilmalar va boshqa vositalarni ishlab chiqarishda tayanayotgan infratuzilmani nishonga olish uchun Tomahawk berishi kerak. Men harbiy kuchlar nisbatini oʻzgartirishni istayman”.
Senatorning fikricha, Moskvani mazmunli tinchlik muzokaralariga undash uchun bosimni kuchaytirish zarur.
Maʼlumotlarga koʻra, Ukrainaga Tomahawk raketalarini berish masalasi AQSHda 2025-yil kuzida muhokama qilina boshlagan. Oktyabr oyi oxirida Pentagon bunday yetkazib berishni maʼqullagan, ammo yakuniy qaror AQSH prezidenti Donald Tramp ixtiyorida qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring