Tuman Andijon aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi

15:51 20 Dekabr 2022 Jamiyat
506 0

Haddan tashqari sovuq tuman tufayli koʻrinish chegarasining pasayishi (50 m) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi.

Xususan, Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yoʻlovchi reyslari bekor qilindi.

Yoʻlovchilariga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida maʼlumot berildi.

Andijon aeroporti maʼlumotlariga koʻra, oʻta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?