Tramp Tehronga “yakuniy ultimatum” qoʻydi. Xomanaiy Eron “hech qachon taslim boʻlmasligini” va amerikaliklarga qarshi turishga tayyorligini aytdi00

Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron uning ultimatumini qabul qilmasa, mamlakat Eron va Isroil oʻrtasidagi mojaroda bevosita ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi.
Gap shundaki, Oq uy rahbari Tehrondan soʻzsiz taslim boʻlishni talab qilmoqda. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, AQSH yaqin kunlarda Eronning uranni boyitadigan Fordodagi yer osti zavodiga zarba berishi mumkin. Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy esa mamlakati “hech qachon taslim boʻlmasligini” va amerikaliklarga qarshi turishga tayyorligini aytdi. Tramp unga omad tiladi.
Oq uy rahbarining soʻzlariga koʻra, Eronning havo hududi AQSH nazorati ostida, mamlakatning oʻzi esa havo hujumidan mudofaa tizimlarisiz qolgan.
“Siz nima qilishimni bilmaysiz. Balki qilaman, balki qilmayman”, — dedi Tramp “AQSH Eron yadroviy inshootlariga zarba beradimi?”, degan savolga javob berar ekan.
AQSH yetakchisining taʼkidlashicha, Eron taslim boʻlishi kerak, u mamlakatdan “soʻzsiz taslim boʻlishni” talab qilgan – bu “yakuniy ultimatum”. Shu bilan birga, u Tehron baribir muammoni muzokaralar yoʻli bilan tinch yoʻl bilan hal qilishi mumkinligini aytdi.
Oq uy yetakchining qayd etishicha, uning Eronga nisbatan sabri allaqachon tugagan. U Eron hukumatiga yadroviy dastur atrofidagi qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun 60 kun muhlat berganini, biroq “ular xatoga yoʻl qoʻyganini” yana bir bor eslatdi. Tramp hali hech narsa tugamaganini qoʻshimcha qilib, koʻplab yomon narsalar sodir boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti maʼlum bir “bosh kelishuv”ni eslatib oʻtdi, unga koʻra “hamma narsa ajoyib”. U Eron muzokaralar olib borishni xohlayotganiga ishonch bildirdi.
“Hali hech narsa yutdik demagan boʻlardim, lekin biz muvaffaqiyatga erishdik. Kelgusi hafta muhim boʻladi, balki undan ham tezroq”, deb xulosa qildi Tramp.
Trampning tahdidlari
17-iyun kuni AQSH prezidenti oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyni “oson nishon” deb atadi va AQSH uning joylashgan joyini bilishini taʼkidladi. Trampning aniqlik kiritishicha, ular hozir uni yoʻq qilmoqchi emas.
“Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalari va ular katta miqdorda edi. Ammo bu AQSH ishlanmalari va qurollari bilan solishtirganda hech narsa emas. Hech kim buni eski AQSHdan yaxshiroq qila olmaydi”, deb yozdi u.
“Axios” maʼlumotlariga koʻra, 17-iyun kuni Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan mojaroning kuchayishi haqida gaplashgan. Bu haqda uchta manba maʼlum qildi
AQSH prezidenti Eronning yadroviy inshootlariga, eng muhimi, uran boyitiladigan Fordodagi yer osti inshootiga zarba berish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlar qilish haqida jiddiy oʻylamoqda. U jurnalistlarga mojaroni hal qilishdan manfaatdor ekanini, biroq bu Eron yadroviy dasturi toʻxtatilsagina boʻlishini aytdi.
AQSH allaqachon Isroilga mamlakatni Eron raketalaridan himoya qilishda yordam bermoqda. “Axios” manbalari Tramp yaqin kunlarda yer osti zavodiga zarba berishiga ishonmoqda.
“U [Tramp] Eronning boyitilishini toʻxtatish uchun qoʻshimcha chora koʻrish kerak degan qarorga kelishi mumkin”, — dedi vitse-prezident Jey Di Vens.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum uyushtirilishi mumkin boʻlgan zarbalar haqida ham ishora qilgan.
Eron muzokaralarga qarshi
Tramp Eron tomoni u bilan bogʻlanib, muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilganini bir necha bor aytgan. Bundan tashqari, ular hatto Oq uyga kelishlari kerak edi.
Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi AQSH prezidentining soʻzlarini rad etadi. Ular tashqaridan bosim ostida tinchlikka bormasliklarini va muzokaralarda qatnashmasliklarini qayd etdilar.
Bundan tashqari, Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy tashkilot shtab-kvartirasida soʻzlagan nutqida “profilaktik mudofaa” tushunchasining isroilcha versiyasi odatiy holga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi:
“Agar bunday ritorika odatiy holga aylansa, bu BMT Nizomining asosiy tamoyillaridan biri – kuch ishlatishni taqiqlashni buzadi”, — dedi Iravoniy.
Shu oʻrinda doimiy vakil Eron oʻzining mudofaa huquqidan foydalanganini va “javob mutanosib va mudofaa xarakteriga ega boʻlib, faqat tajovuz manbalariga qaratilganini” taʼkidladi.
Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy AQSH prezidentining xalqqa murojaati chogʻidagi bayonotlariga izohlab, “agar AQSH mojaroga qoʻshilsa, tuzatib boʻlmas yoʻqotishlarga duchor boʻladi” dedi.
“Amerikaliklar bilishlari kerakki, har qanday harbiy aralashuv ular uchun tuzatib boʻlmaydigan zararga olib keladi”, — deydi Xomanaiy. Uning qoʻshimcha qilishicha, Tehron endilikda “oʻrnatilgan urush”ga yuz tutmoqda. Eron “oʻrnatilgan tinchlik” bilan toʻqnash kelgan taqdirda qatʼiy turishga vaʼda berdi va eronliklar “hech qachon taslim boʻlmasligini” taʼkidladi. Oliy rahnamo oʻz nutqidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda jang boshlanganini taʼkidlab, Isroil hujumida AQSHning ishtiroki borligini istisno qilmadi.
Tramp Eronning AQSH bilan ziddiyatga tayyorligi haqidagi bayonotlariga javoban Xomanaiyga omad tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring