Tramp Meksika orqali kelayotgan noqonuniy migrantlarni nima qilmoqchi?

AQSH prezidenti Donald Tramp fuqarolarning xavfsizligini himoya qilish uchun mamlakatning janubiy chegarasida milliy favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqida AQSH hukumatining rasmiy veb-sayti xabar berdi.
Mamlakatning janubiy chegarasi orqali noqonuniy migrantlarning kirishini taqiqlash toʻgʻrisidagi farmonning ijrosi yuzasidan chegaraga qoʻshimcha 1500 nafar askar va oʻnlab vertolyotlar yuborilgan.
Farmonga koʻra, Tramp janubiy chegara orqali kirib kelgan muhojirlarning boshpana topish bahonasi bilan mamlakatda qolish imkoniyatlarini keskin cheklaydi.
Jumladan, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat departamentiga mamlakat hududiga noqonuniy kirayotganlarni chiqarib yuborish choralarini kuchaytirish yuzasida topshiriqlar berilgan.
“Mudofaa vazirligi janubi-gʻarbiy chegarani kuchaytiradi. Noqonuniy kirmoqchi boʻlgan migrantlarni aniqlash uchun ekipajlar hamda razvedka tahlilchilari joylashtiriladi. Bu harakatlar faqatgina boshlanishi xolos. Davlat xavfsizligini saqlab qolish boʻyicha qoʻshimcha missiyalar ishlab chiqiladi. Prezident Tramp darhol natijaga erishishni xohlamoqda”, — deyiladi Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Robert Seyless bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, Tramp oʻzining navbatdagi prezidentlik davrida mamlakatni noqonuniy migrantlardan tozalashni davlat xavfsizligi darajasigacha koʻtarishni hamda milliy favqulodda holat eʼlon qilishini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring