Tramp AQSHda ikkita yangi bayram kunini eʼlon qildi

13:51 02 May 2025 Dunyo
170 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz mamlakatida yangi bayram kunlarini maʼlum qildi. Unga koʻra, endi amerikaliklar 11-noyabrni Birinchi, 8-mayni esa Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalaba kunlari sifatida nishonlaydilar.

“Biz ikkala urushda ham gʻalaba qozondik, hech kim bizga kuch, jasorat va harbiy mahorat bilan yaqin kela olmadi, lekin buni hech qachon nishonlamaganmiz — chunki bizda buni qanday qilishni biladigan rahbarlar yoʻq edi!” — dedi Oq uy rahbari amerikaliklarni ushbu bayramlarni nishonlashga chaqirib.

Shu paytgacha AQSHda 11-noyabr “Faxriylar kuni” sifatida nishonlangan. Bu 1918-yilda Antanta va Germaniya oʻrtasida Kompen sulh bitimi tuzilganining yilligiga toʻgʻri keladi. Bayram dastlab “Sulh kuni” deb atalgan va 1926-yilda u Qoʻshma Shtatlardagi milliy bayramlar roʻyxatiga kiritilgan. 1954-yilda harbiy harakatlarning tirik ishtirokchilari sharafiga “Faxriylar kuni” deb oʻzgartirilgan.

8-may esa Yevropadagi Gʻalaba kuni sifatida tarixda qolgan. Ammo bu AQSHda federal bayram hisoblanmadi.

8-may kuni AQSH va aksariyat Gʻarb Yevropa davlatlari Germaniyaning taslim boʻlganligi va Yevropada Ikkinchi jahon urushi tugagan kunni nishonlaydi. Rossiya, Sobiq Ittifoq va Sharqiy Yevropa davlatlarida natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba 9-may kuni nishonlanadi.Bu taslim boʻlish toʻgʻrisidagi bitim 8-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:43da Berlinda imzolangani, Moskvada esa yangi kun allaqachon boshlangani bilan izohlanadi.

Ikkinchi jahon urushi butunlay keyinroq, 1945-yil 2-sentyabrda Yaponiya taslim boʻlganida tugagan. Buning sharafiga 3-sentyabrni Rossiya Xotira kuni sifatida belgilagan.

Bu Donald Tramp Ikkinchi jahon urushida aynan AQSH gʻalaba qozonganini birinchi marta aytishi emas. U 2020-yilda AQSHning Vest-Poyntdagi Harbiy akademiyasining bitiruv marosimida AQSH rahbari natsizm va fashizm faqat AQSH tomonidan magʻlub boʻlganini aytgandi. Shu bilan birga, Tramp SSSRning gʻalabadagi roli haqida bir ogʻiz ham gapirmagan.

2025-yilda esa u AQSH Ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozonganini va Moskva buni amalga oshirishda faqat Vashingtonga yordam berganini taʼkidladi.

“Biz hech qachon unutmasligimiz kerakki, Rossiya Ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozonishimizga yordam berdi, bu jarayonda qariyb 60 million kishining hayotini yoʻqotdi”, — deb yozdi Tramp oʻzining ijtimoiy tarmogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib.

Kremlning taʼkidlashicha, “uni hurmat qilgan holda, bu masala boʻyicha janob prezident kelishib boʻlmaydi”.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa va AQSHni Trampning oʻzi avval aytib oʻtganidek, okean ajratib turishini va oʻlim holatlari boshqa qitʼada sodir boʻlganini taʼkidladi.

“Mamlakatimiz, Sovet Ittifoqining fashizmga qarshi kurashida asosiy yukni va fashizmga qarshi kurashdagi gʻalaba uchun eng katta badalni toʻladi. AQSH haqiqatan ham yordam berdi. U katta hissa qoʻshdi. Lekin bir nyuans bor: AQSH har doim pul ishlab topadi, AQSH uchun bu har doim biznes”, — dedi Kreml rasmiy vakili.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер