Toshkentdagi uylardan birida yongʻin chiqdi

10:40 18 Dekabr 2024 Jamiyat
103 0

Toshkent shahridagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 18-dekabr kuni soat 07:06 da Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Achaobod MFYda joylashgan xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:10 da yetib borib, yongʻin soat 07:31 da qurshab olinib, yongʻin soat 07:34 da oʻchirilgan.

“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergandi. Viloyat FVB xabariga koʻra, yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda yana 8 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер