Toshkentdagi podstansiyada yirik yongʻin chiqdi
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi podstansiyada yirik yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17-iyul kuni soat 01:31 da Mirzo Ulugʻbek tumani Avayxon koʻchasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:37 da yetib borib, 02:06 da alangani oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yirik yongʻin sodir boʻldi, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok boʻlgani maʼlum qilindi. Keyinchalik mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring