Toshkentdagi xususiy maktabda ikki oʻqituvchi 9-sinf oʻquvchisini kaltakladi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar oʻqituvchi 9-sinf oʻquvchisini kaltaklagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videolarda tasvirlangan voqea Toshkent shahri Olmazor tumanidagi xususiy maktabda sodir boʻlgan. Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan
Tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf oʻquvchisi Gʻ.J. (2008-yilda tugʻilgan)ga maktab oʻqituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Gʻ.J. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.
“Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudiga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring