Toshkentda “Spark” skuterni urib yubordi

10:49 27 Iyun 2024 Jamiyat
231 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Spark” rusumli avtomobil va skuter mototransport vositasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa kecha, 26-iyun kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasi NBU qarshisida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 34 yoshli haydovchi Б.И. “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan, 2000-yilda tugʻilgan Б.А. boshqaruvidagi skuter mototransport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Oqibatda skuter haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер