Toshkentda “Lacetti” yoʻl chetidagi daraxtga borib urildi. Oqibatda haydovchi vafot etdi

17:29 07 Iyun 2024 Jamiyat
333 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Yashnobod tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 7-iyun kuni soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek koʻchasida haydovchi 1998-yilda tugʻilgan Б.Т. “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi daraxtga bori urilgan.

YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

“Uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi shahar YHXB xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB YHXB barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер