Toshkentda Haydar Aliyevning 100-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

20:13 15 May 2023 Jamiyat
796 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Markaziy Osiyo xalqaro institutida Haydar Aliyevning 100-yilligiga bagʻishlangan “Haydar Aliyevning Oʻzbekiston — Ozarbayjon hamkorligini rivojlantirishdagi roli” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Anjuman Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi tomonidan tashkil etildi.

Unda ikki davlat parlamentlari aʼzolari, diplomatik va ilmiy doira vakillari, “Oʻzbekiston — Ozarbayjon” doʻstlik jamiyati, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, ikki mamlakat nufuzli oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Ushbu anjumandan koʻzlangan maqsad ozarbayjon xalqining ummumilliy yetakchisi Haydar Aliyev faoliyati bilan bogʻliq muhim tarixiy voqealarni chuqur oʻrganish, shuningdek uning Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashdagi oʻrni xususida fikr almashishdan iborat.

Anjumanda qayd etilganidek, qardoshlik rishtalari poydevori Haydar Aliyev va Sharof Rashidov tomonidan sobiq sovet tizimi davrida qoʻyilgan edi. Shundan soʻng, mustaqillik davrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning saʼy-harakatlari bilan oʻzbek-ozarbayjon munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi hamda ikki tomonlama madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar yuksaldi.

Forum davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, Oʻzbekiston va Ozarbayjon duch kelayotgan zamonaviy tahdid, muammolarga baho berildi, shuningdek ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi gʻoya va loyihalar toʻgʻrisida fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?