Toshkentda 40 yoshli erkak gul doʻkonida sotuvchi qizni kaltakladi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak gul doʻkonida sotuvchi ayolni boʻgʻib, vaziyatga aralashgan boshqa erkaklarni doʻpposlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 23-iyun kuni 19:30 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 1984-yilda tugʻilgan X.A. tumandagi gul doʻkonlaridan birida 21 yoshli sotuvchi X.T. (qiz) bilan oʻzaro janjallashgan.
Shu yerda boʻlgan 2003-yilda tugʻilgan A.T. va 2002-yilda tugʻilgan T.I.lar vaziyatga aralashib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.A. bezorilik harakatini davom ettirib, ularni ham urib tan jarohati yetkazgan.
Birlamchi tibbiy maʼlumotga koʻra, jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik harakatini oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring