Toshkentda 12 tup daraxt tanasiga nomaʼlum suyuqlik quyib ketildi

22:16 10 Dekabr 2024 Jamiyat
257 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tumanida 10 tupdan ortiq daraxtning tana qismiga nomaʼlum suyuqlik yuborilgani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, boshqarma ixtiyoriga Mirzo Ulugʻbek tumani, Nur MFYdagi 31-uyning orqa tomonida ekilgan 12 tup pavloniya daraxtining tana qismiga nomaʼlum shaxslar tomonidan suyuqlik yuborilgani tasvirlangan videolavha kelib tushgan.

Ushbu murojaat poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tuman inspektori tomonidan joyiga chiqib oʻrganilgan.

“Daraxtining tana qismi qurilish dreli yordamida teshilib, nomaʼlum suyuqlik yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi

Qoʻshimcha qilinishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek, vaziyatga huquqiy baho berish hamda huquqbuzarning shaxsini aniqlashda amaliy yordam berish boʻyicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер