Toshkent viloyatida “Jiguli” va “Niva” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent viloyati IIBB YHXB
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jiguli” va “Niva” rusumli avtomashinalar toʻqnashgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa kecha, 15-oktyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Nayman MFY hududidan oʻtgan M39 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
Yoʻlining 16-kilometrida 1989-yilda tugʻilgan M.Z. “Vaz 2101” rusumli transport vositasida yoʻl harakati qoidalarini buzib, svetofor chiroqlariga amal qilmasdan qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan holda harakatlangan. Bu vaqtda mazkur yoʻlga qoʻshilish maqsadida ichki koʻchadan chiqib kelgan Q.Q. (1987-yilda tugʻilgan) boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomobil bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida “Vaz 2101” rusumli avtomobil yoʻlovchisi A.Z. (2009 tugʻilgan) yengil tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Manbaga koʻra, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zangiota tumanidagi “Nayman” mahallasi aholisi ikki yildan beri masʼullarga murojaat qilib, haydovchilar 7-maktab yonidagi svetoforning qizil chirogʻiga ham eʼtibor bermasligini, bu oʻquvchilar va shu yoʻldan oʻtib-qaytuvchi fuqarolar hayotiga xavf solishini aytmoqda.
“Niva”da yashil chiroqda chiqishimga qaramasdan, qarama-qarshi yoʻnalishdan chiqib kelgan “Jiguli” menga kelib urildi. Agar shu yerda bolalar boʻlganda nima boʻlardi?”, deydi murojaatchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring