Toshkent viloyatida poyezd urib yuborgan 10 yoshli bola vafot etdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temir yoʻl hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 20-iyun kuni soat 09:30 larda “Oʻzbekiston” bekatida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi xizmat telefoniga Zangiota temir yoʻl kesishmasida Bekobod—Toshkent yoʻnalishida harakatlangan elektropoyezd voyaga yetmagan bolani urib yuborgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bola poyezd yoʻlini velosipedda kesib oʻtmoqchi boʻlgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
“Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi informatsion dastur xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Buvayda tumanida maktab oʻquvchisi boshqaruvidagi traktor poyezd bilan toʻqnashib ketgan edi. Oqibatda 9-sinf oʻquvchisi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring