Toshkent va Andijonda ikki holatda qariyb 700 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlangani aniqlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
“Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent va Andijon shaharlari hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida 696,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan koʻp qavatli turar joy binosining noturar qismida fuqaro M.X. gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, oʻzboshimchalik bilan 2 dona ikki konturli isitish jihozlaridan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 316,5 mln soʻmlik zarar yetkazgan.
Andijon shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida esa “R. I.” MChJga qarashli oshxonada hech qanday hujjatlarsiz tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Bu qoidabuzarlik hisob-kitob qilinganda davlat manfaatlariga 380 mln soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻlgan.
Hozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring