Toshkent — Xoʻjakent yoʻnalishida yangi tezyurar elektropoyezd qoʻyildi
Foto: “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” 3-dekabrdan Toshkent va Xoʻjakentni bogʻlash uchun yana bir tezyurar elektropoyezd qoʻyilishini maʼlum qildi.
“Tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega boʻlgan tezyurar elektropoyezdi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga tayyor. Kelajakda har tomonlama zamonaviy boʻlgan 10 ta elektropoyezdlar xarid qilish koʻzda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Elektropoyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 7201-sonli — Toshkent-06:18 — Xoʻjakent-07:42
- 7202-sonli — Xoʻjakent-08:02 — Toshkent-09:17
- 7203-sonli — Toshkent-12:53 — Xoʻjakent-14:03
- 7204-sonli — Xoʻjakent-14:33 — Toshkent-15:48
- 7205-sonli — Toshkent-18:10 — Xoʻjakent-19:20
- 7206-sonli — Xoʻjakent-19:45 — Toshkent-21:03
Toshkent boʻlinmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 soʻm, bolalar uchun esa 11 500 soʻm etib belgilandi.
Qayd etilishicha, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari oʻz oʻrnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring