Toʻrtta fermer xoʻjaligi davlat va jamiyatga yarim milliardlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.S.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari xoʻjalik ekin yer maydonida 3 ta suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab olganini aniqlagan. Bu orqali esa jami mazkur fermer xoʻjalik davlat va jamiyatga 263,9 million soʻmlik zarar yetkazgani hujjatlashtirilgan.
Shu kabi yana ikki holat Paxtaobod va Shahrixon tumanlarida aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “O.X.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari va fuqaro Y.I. 1 dona suv nasosi hamda gaz uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 252,5 million soʻmlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganliklari fosh etilgan.
Toʻrtinchi holat esa Samarqand viloyatidagi Departamentning boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Qayd etilishicha, fuqaro K.Z. tashkil etgan muzlatish xonasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, jami 110 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, bir qator tadbirkorlar Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan ayblanayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring