Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Foto: Davron Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand rassomlik maktabining yangi avlod vakillari — Nuriddin Isayev va Ahmad Isoyevlarning ijodi namoyish etilmoqda. Koʻrgazma zamonaviy tafakkur bilan milliy anʼanalarga hurmat uygʻunligini oʻzida mujassam etgan asarlar orqali tomoshabinlarni oʻziga rom etmoqda.
Nuriddin Isayev — shakl va rangga nozik hissi, chuqur falsafiy talqin bilan ajralib turuvchi rassom. Uning asarlarida Sharqning ritmi, rang va yorugʻlik oʻyinlari, oʻtmish va hozirgi zamon oʻrtasidagi metaforik muloqot jonli ifoda topgan. Ekspozitsiyada muallifning 36 ta rangtasvir asari namoyish etilgan.
Ahmad Isoyev esa inson ruhiyati, his-tuygʻulari va ichki kechinmalarini abstrakt shakllarda ifoda etgan ijodkor. Uning asarlarida rangning emotsional energiyasi, inson va tabiat munosabati, yorugʻlik va soya oʻyinlari oʻzgacha tarzda aks etgan. Koʻrgazmada Ahmad Isoyeva 31 ta asari joy olgan.
Bu koʻrgazma nafaqat zamonaviy oʻzbek rassomchiligi yoʻnalishidagi yangi izlanishlarni namoyon etmoqda, balki tomoshabinlarda ichki xotirjamlik va ilhom tuygʻusini uygʻotmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring