Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kasaba uyushmalari – mehnat muhofazasi boʻyicha jamoatchilik nazoratini olib boradigan eng katta tashkilot.
Soʻnggi besh yilda ular tomonidan korxona va tashkilotlarda 152 mingta qonun buzilishi aniqlangan. Aslida, bunday holatlar ancha koʻpligi, sudlar tomonidan uch yilda 48 mingdan ziyod mehnat nizolari koʻrib chiqilgani qayd etildi.
Kasaba uyushmalari yarashtiruvchi, murosaga keltiruvchi boʻgʻin sifatida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilishda faollik koʻrsatishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.
Shu bilan birga, ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, baxtsiz hodisalar hisobi va ularning sababini oʻrganish oʻttiz yil oldin qabul qilingan hukumat qaroridagi eskirgan normalar asosida qogʻozda yuritilmoqda.
Masʼul vazirlarga kasaba uyushmalari bilan birga baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi maʼlumotlarni olishning yagona tizimini ishga tushirish hamda bunday hodisalar hisobotini yuritish, sabablarini tahlil qilish va unga yechim topish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Hozirda Federatsiya tarkibida 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi faoliyat yuritmoqda.
“Afsuski, tegishli tarmoqlarda mehnat qilayotgan xodimlar huquqlarini ishonchli taʼminlaydigan tashabbuslarni ilgari surishda ularning ovozi eshitilmayapti.
Koʻryapsizlar, iqtisodiyotimizga yangi-yangi soha va yoʻnalishlar, shunga mos tarzda yangi kasblar, zamonaviy texnologiyalar jadal kirib kelmoqda.
Ana shunday sharoitda tarmoq kasaba uyushmalari vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib, ularning oldiga aniq vazifalar qoʻyib borishi kerak emasmi?
Shuning uchun, vazirlik va idoralar hamda tarmoq kasaba uyushmalari kollegial organlarining qoʻshma yigʻilishini doimiy ravishda oʻtkazib boradigan tizimni yoʻlga qoʻyishni taklif etaman”, dedi Prezident.
Bunday muloqot shakli “davlat – ish beruvchilar – mehnat jamoalari” oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlab, samarali mexanizmga aylanishiga ishonch bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring