Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Kataloniya klubi hujumchisi Lamin Yamal bilan bosh murabbiy Hans Flik oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar berilmoqda. Bu haqda “Defensa Central” nashri maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, Hans Flik matbuot anjumanlaridan birida yosh futbolchini tanqid qilgan va bu holat Lamin Yamalga yoqmagan. Shu sabab u bosh murabbiyidan unga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishni talab qilgan.
“Agar vaziyat oʻzgarmasa, Lamin jamoani tark etishga tayyor”, — deb yozadi manba.
Shu bilan birga, Yamalning xizmatlariga qator Yevropa grandlari — “Manchester Siti”, “Chelsi” va “PSJ” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi esa yosh isteʼdod uchun 400 million yevro miqdoridagi transfer taklifini tayyorlayotgani aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring