Tez orada Oʻzbekistonda Rotana brendi ostida mehmonxonalar ish boshlaydi
24-iyul kuni Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov va Rotana Hotels and Resorts (Rotana mehmonxonalar boshqaruvi) korporatsiyasi direktorlar kengashi aʼzosi Husayn al Novais oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda dastlab, Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan nufuzli ishbilarmon mehmon Oʻzbekistonda ilk marotaba boʻlib turganligini qayd etib, mamlakatning tarixiy va zamonaviy qiyofasi, shuningdek bu yerda amalga oshirilayotgan islohotlar uni hayratda qoldirganini taʼkidladi. Xorijlik mehmon arab davlatlarida Oʻzbekiston boʻyicha targʻibot ishlari olib borilayotgan boʻlsada, bu quyoshli yurtning toʻliq imkoniyatlarini ochib bera olmayotganligini taʼkidladi. Shu boisdan kelajakda bu yoʻnalishda hamkorlik qilish masalasini ilgari surdi.
Ikki tomonlama oʻtkazilgan muloqotlar jarayonida joriy yilning oktabr oyida Samarqandda oʻtkaziladigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda korporatsiyaning ishtiroki va uning doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Xorijlik mehmonga Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlari va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berilib, yirik investitsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishtirildi.
Muloqot yakunida Husayn al Novais Rotana korporatsiyasi brendi ostida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida mehmonxonalar boshqaruvi bilan shugʻullanish yoki investitsiya kiritgan holda yangi mehmonxonalarni ishga tushirish taklifini berdi.
Shuningdek, Rotana brendi ostida ishga tushiriladigan mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish sifatini jahon standartlari asosida tashkil etish maqsadida xorijdan sifatli kadrlarni jalb etgan holda oʻzbekistonlik yoshlarni ishga tayyorlash va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotganlarni dunyo boʻylab ROTANA brendi mehmonxonalarida malakasini oshirish loyihalari ham oʻrganildi.
Rotana mehmonxonalar boshqaruvi korporatsiyasi direktorlar kengashi aʼzosi Husayn al Novais bilan oʻrtaga tashlangan loyihalar boʻyicha tez kunlarda kompaniyaning maxsus ishchi guruhini Oʻzbekistonda qabul qilish va ish jarayonlariga kirishish borasida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring