Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

10:29 26 Avgust 2024 Dunyo
182 0

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.

  • Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunga amal qiladi — uning moderatsiyasi sanoat standartlari doirasida va doimiy ravishda takomillashtiriladi.
  • Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yoʻq va Yevropa boʻylab tez-tez sayohat qiladi.
  • Platforma yoki uning egasi ushbu platformadagi huquqbuzarliklar uchun javobgar ekanligini daʼvo qilish bemaʼnilikdir.
  • Dunyo miqyosida deyarli bir milliard foydalanuvchi Telegramʻdan aloqa vositasi va hayotiy maʼlumotlar manbai sifatida foydalanadi.

“Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan”, deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер