TDAU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

15:52 14 Iyun 2024 Ilm-fan
289 0

Foto: TDAU axborot xizmati

Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) qoshidagi akademik litsey bitiruvchi yoshlariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori N. Oblomuradov kirish soʻzi bilan ochib berib, bitiruvchilarga ezgu tilaklarini bildirib oʻtdi. Marosimda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi N. Kulbekova, Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati, litsey jamoasi, bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Foto: TDAU axborot xizmati

Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati xabariga koʻra, tadbirda bitiruvchilarga diplom va oʻqish davrida namunali xulqi, bilimi bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan bitiruvchi yoshlarning ota-onalariga hamda oʻquv yili davomida yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga tashakkurnomalar topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy oʻquv yilida litseyni 159 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlib, shundan 25 nafari imtiyozli diplom, 1 nafari kumush medal bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 100 nafardan ziyodi xorijiy tilni bilish sertifikatlarni qoʻlga kiritib, muddatidan oldin talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер