Gʻazoda suv ifloslanishi ortidan yuqumli kasalliklar avj olmoqda

17:02 26 Avgust 2024 Dunyo
237 0

Gʻazoning Oʻrta yer dengizi sohilidagi suvlar jigarrang rangga aylana boshladi. Sogʻliqni saqlash mutaxassislari bu orqali hudud boʻylab kasallik tarqalishi tezlashishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Lagerga koʻchirilgan odamlar sonining koʻpayishi tufayli va koʻpchilik oʻz quvurlarini yomgʻir suvi drenaj tizimiga ulaganligi ushbu holatni keltirib chiqarmoqda. Buni sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlar ham isbotlaydi.

Sunʼiy yoʻldosh tasvirlarida oqindi birinchi marta iyun oyida paydo boʻlganligi va keyingi ikki oy ichida barqaror oʻsganligi koʻrsatilgan. Isroilning intensiv bombardimoni Gʻazoning chiqindi suvlarini boshqarish infratuzilmasining qulashiga olib keldi. Falastin hududlari bilan hamkorlik qiluvchi Isroil mudofaa vazirligi Gʻazodagi kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun maxsus gumanitar yordam koʻrsatganini aytdi.

BMT va Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti rasmiylari Gʻazoda 600 mingta bolalarni emlash uchun ikki haftalik sulhga chaqirdilar. Gʻazo sogʻliqni saqlash tizimining yoʻq qilinishi har qanday emlash dasturini juda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Isroil tomoni kelgusi haftalarda bir milliondan ortiq bolani emlash uchun qoʻshimcha 60 mingta poliomiyelit vaksinalari yetkazib berilishini aytdi.

Oxfam xayriya tashkilotining “BBC” ga aytishicha, Gʻazo aholisining toʻrtdan bir qismi suv bilan yuqadigan kasalliklar tufayli kasal boʻlib qolgan. Poliomiyelit suv bilan yuqadigan kasallik boʻlib, u sanitariya holati bilan bevosita bogʻliq. Sanitariya infratuzilmasi jiddiy shikastlangan, shuning uchun koʻchalar va mahallalarni suv bosmoqda, odamlar asosan kanalizatsiya koʻlmaklariga yaqin joyda yashaydi.

Undan tashqari Gʻazoda 40 mingta gepatit A holatlari haqida xabar berilgan. Bu ham ifloslangan suvni isteʼmol qilish orqali yuqishi mumkin. Yordam agentliklarining taʼkidlashicha, Gʻazodagi shifokorlar sogʻliqni saqlash sohasining inqirozi sababli dizenteriya, pnevmoniya va ogʻir teri kasalliklarining alomatlarini davolash uchun kurashmoqda.

Gʻazoning 2,3 million aholisining aksariyati oʻtgan kuzdan beri ichki hududlar boʻylab koʻchirilgan. Koʻp odamlar 600 kishiga moʻljallangan bitta hojatxonaga ega boshpanalarda yashaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер