Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan eriyotgani aytildi

14:28 26 Avgust 2024 Jamiyat
257 0

Foto: Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspeditsiya amalga oshirilgan. Paxtakor muzligiga dastlabki ekspeditsiya oʻtgan 2023-yil yozida uyushtirilgan boʻlib, oʻshanda tadqiqotchilar muzlik tiliga 3 metrli qoziq burgʻilab oʻrnatib kelgan boʻlgan.

Foto: Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti

 

Joriy ekspeditsiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz tili 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya maʼlumotlarini olishdi.

Foto: Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti

 

Maʼlumot uchun, Paxtakor muzligi – Toshkent viloyatining borish qiyin boʻlgan Oygaing qor koʻchki meteorologik stansiyasidan (bu obyektdan keyin hech qanday bino obyekti mavjud emas) naqd 35 km uzoqda, viqorli togʻlar orasida yastangan boʻlib, muzlikka ekspeditsiya aʼzolari naqd 2 sutkada piyoda yetib borgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер