TATUning Fargʻona filialida kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil etildi

14:54 30 Oktyabr 2024 Jamiyat
135 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialida Fargʻona viloyati IIB bilan hamkorlikda tashkil etilgan kiberxavfsizlik laboratoriyasi faoliyat boshladi.

Laboratoriya jahon andozalari darajasida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlandi. Har bir talaba alohida ishlashi uchun kompyuter texnikalari oʻrnatildi. Shu bilan birga, qulaylik yaratish maqsadida laboratoriya hududida talabalar turar-joyi ham bunyod etildi.

—Bugun jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, bu borada IT hamda muhandislik sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyatga ega,—deydi Fargʻona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimi bosh eksperti, podpolkovnik Gulnora Moʻydinova.—Bu oliy taʼlim muassasasida talabalar mazkur yoʻnalishlarda bilim egallaydi. Laboratoriya talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oʻzaro uygʻunlashtirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ayni yoʻnalishda eng iqtidorli talabalar saralab olinadi. Yil davomida oʻqishdan boʻsh paytda bu yerda amaliyot oʻtashi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер