Tashqi ishlar vazirligida ayrim tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻzgartirildi

13:00 28 Fevral 2022 Siyosat
1075 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 28-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida TIVning kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljonov xabar berdi.

Unda vazirlik tarkibiy boʻlinmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi:

Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;

Mirzaraximov Sarvar Xamitjanovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan) –Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi v.b. lavozimiga tayinlandi;

Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy taʼminot boʻlimi boshligʻi v.b. lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер