Taksi xizmati koʻrsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti «Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra 2021-yil 15-maydan 2022-yil soʻnggiga qadar eksperiment tariqasida haydovchidan tashqari toʻrtta oʻrindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati koʻrsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi.
YATT sifatida yoʻlovchi tashish faoliyati litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tashuvchilar:
– 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq boʻlmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil boʻlishi;
– transport vositasini texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazishi;
– “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim.
Shuningdek yakka tartibdagi tashuvchilar:
– faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollamaydi;
– litsenziya varaqasi uchun yiliga bir marotaba BHMning bir barobari (245 ming soʻm) miqdorida davlat boji toʻlaydi;
– 2021-yil uchun har oylik 150 ming soʻm miqdorida qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlaydi;
2021-yil 1-sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tashuvchilar faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.
Bunda yakka tartibdagi tashuvchilar:
– avtotransport vositasi tepasiga “TAXI” belgili toʻq sariq rangli fonar oʻrnatishi;
– toʻlovni amalga oshirish, shuningdek bosib oʻtilgan yoʻlni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovali moslamalarga ega boʻlishi lozim.
Davlat soliq qoʻmitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-oktyabrga qadar yengil avtotransport vositasida yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, elektron yoʻl varaqalari, shuningdek, tibbiy koʻrikdan oʻtgan yakka tartibdagi tashuvchilar va texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning idoralararo almashinuvi boʻyicha yagona elektron platformani ishga tushiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring