Tadbirkorlar va bojxona brokerlari fikr almashdilar
Shodiyor MUTAHAROV/“Xalq soʻzi”. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi statistik maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil davomida 30 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarining 1 183 ta partiyasida 8 474 tonna, umumiy qiymati 9 619,3 ming AQSH dollarga teng boʻlgan pochta va kuryerlik joʻnatmalari rasmiylashtirilgan. Ana shu xizmat turini yanada takomillashtirish yuzasidan “Yangiyoʻl” TIF bojxona postida tadbirkorlar hamda bojxona brokerlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida“gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishlar (OʻRQ-956) ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qarori yuzasidan bojxona post xodimlari bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish borasidagi faoliyatni takomillashtirish xususida gap bordi.
Taʼkidlanganidek, qonun bilan vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish tartibini, shuningdek, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda. Mazkur Qonun tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga, shuningdek bojxona va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlashga va ularga chek qoʻyishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring