Suvchilar maktabida navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash taraqqiyot yoʻlidan ildam odimlayotgan Yangi Oʻzbekiston oldidagi eng ustuvor maqsadlardan.
Davlatimiz rahbari bilim oʻtda yonmaydi, suvda choʻkmaydi, yakka-yu yagona najotimiz – ilm, degan fikrlarni koʻp bor aytganlar.
Suv xoʻjaligi sohasida har yili yozgi sugʻorish mavsumi yakunlanganidan soʻng rahbarlar va mutaxassislarni oʻqitish, malakasini oshirish anʼanaviy yoʻlga qoʻyilgan.
2024-yil 12-noyabr kuni Suvchilar maktabida navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi. Besh kunlik oʻqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, yirik nasos stansiyalari hamda magistral kanallar boshliqlari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi va aʼzolari qatnashmoqda.
Tadbirni Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev ochib berdi. Prezidentimizning suvchilarga gʻamxoʻrligi, sohada olib borilayotgan islohotlar, boʻlayotgan yangilik va oʻzgarishlar, tizim xodimlarining xalqimiz farovonligi yoʻlidagi xizmatlari haqida soʻz yuritildi.
Ishtirokchilar toʻrt kun davomida sohaga doir nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Beshinchi kuni joylarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Prezidentimiz tomonidan qoʻyilgan yuksak marralarga erishish uchun “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbarlari va tizimdagi boshqa rahbar mutaxassislar uchun ham oʻqishlar tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring