Strasburg UNESCO tomonidan 2024-yil uchun Jahon kitob poytaxti etib belgilandi

11:20 23 Iyul 2022 Dunyo
989 0

UNESCO Bosh direktori Odri Azule Butunjahon kitob kapitali boʻyicha maslahat qoʻmitasining baholash natijalariga koʻra Strasburgni (Fransiya) 2024-yil uchun Jahon kitob poytaxti etib belgiladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Taʼkidlash kerakki, ayni damda nafaqat butun dunyoda, balki, yurtimizda ham kitobxonlikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqlarida bir necha bor yoshlar koʻproq kitob oʻqishi kerakligini taʼkidlaganlar. Kitobxonlik borasida bir qator tashabbuslar ilgari surilgan, bir nechta loyihalar amalga oshirilgan va oshirib kelinmoqda.

Toshkentda ilk marta oʻtkazilgan “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob-koʻrgazma yarmarkasi ham fikrimizning isbotidir.

Qolaversa, bugun chekka-chekka hududlarda ham kutubxonalar tashkil etilib, butun dunyodan qimmatli, noyob kitoblar olib kelinmoqda. 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga katta eʼtibor qaratildi. 

Kitobxonlarning vaqtini tejash, qulaylik yaratish uchun esa “Ekspress kutubxona” loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Tabiiyki, bu kabi islohotlar UNESCO Bosh direktori Odri Azule tomonidan bir necha bor ijobiy baholangan.

UNESCOning Butunjahon kitob poytaxti maslahat qoʻmitasi tarkibiga Yevropa va Xalqaro kitob sotuvchilari federatsiyasi (EIBF), Xalqaro mualliflar forumi (IAF), Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasi federatsiyasi (IFLA), Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi (IPA) va UNESCO vakillari kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?