Sport tadbirlari turistlar sonining yanada oshishiga xizmat qilmoqda
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oʻtkazilayotgan sport musobaqalari, turizm va etno tadbirlarda koʻplab xorijiy hamda mahalliy sayyohlarni kuzatishimiz mumkin.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 336-son qaroriga muvofiq oʻsmirlar oʻrtasida “Uzbekistan-Grand Prix”, kattalar oʻrtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport hamda “Vazir kubogi”, “Rais kubogi”, “Qoʻmondon kubogi”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” mahalliy sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Mazkur sport tadbirlari 2023-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda respublikaning barcha hududlarida erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida navbatma-navbat tashkil etiladi. Sport musobaqalarida mahalliy kurashchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan chet ellik kurashchilar ham ishtirok etadi.
Qayd etish joizki, ushbu tadbirlar sport turizmini rivojlantirish, sayyohlarga vaqtini mazmunli oʻtkazishlariga imkon yaratish, hududlarimiz turizm imkoniyatlarini yanada kengroq targʻib qilish va milliy sport oʻyinlarini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, musobaqalar jadvali, oʻtkazilish joyi va qoʻshimcha maʼlumotlar Madaniyat va turizm vazirligining rasmiy manbalarida (uzbektourism.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari) hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring