Rossiyaning yana bir mintaqasida migrantlar uchun patent narxi oshiriladi
Rossiyaning Rostov viloyatida 2026-yildan boshlab xorijiy ishchilar uchun patent narxi oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti hudud hukumatiga tayanib xabar berdi.
— Rostov viloyatida 2026-yilda xorijlik ishchilar uchun patent narxi hududiy koeffitsiyentning oshirilishi hisobiga koʻtariladi, — deyiladi xabarda.
Patent olish — vizasiz tartibda hududga kirib kelgan barcha xorijliklar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun majburiy.
Patent toʻlovi bazaviy stavka, deflyator koeffitsiyenti va hududiy koeffitsiyentdan tashkil topadi. Rostov viloyatidagi hududiy koeffitsiyent mamlakatdagi eng past koʻrsatkichlardan biri — 2,1 hisoblanadi.
Viloyatda ushbu koeffitsiyentni 2,1 dan 3 ga oshirish taklif qilinmoqda. Bu orqali viloyat byudjetiga qoʻshimcha taxminan 1 milliard rubl tushishi kutilmoqda.
Baʼzi deputatlarning fikricha, patent narxining oshishi chet ellik ishchilar oqimining kamayishiga, yirik korxonalarda ishchi kuchining yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Gubernator Yuriy Slyusar esa bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish vazirligiga qoʻshimcha mexanizmlarni ishlab chiqishni topshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring