Soʻnayotgan umid uchqunlari — vaksinadan foydalanishni toʻxtatayotgan Yevropa davlatlari soni soat sayin ortmoqda
Foto: AP
Ispaniya “AstraZeneca“ (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining koronavirusiga qarshi vaksinasi bilan oʻz aholisini emlashni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda ”El Pais” nashri xabar bermoqda.
Bungacha Irlandiya, Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Islandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Avstriya, Lyuksemburg, Bolgariya, Norvegiya va Daniyada ushbu vaksinadan foydalanish cheklangan edi. Bundan tashqari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyasiga binoan Indoneziya “AstraZeneca” vaksinasidan foydalanishni toʻxtatilgan.
JSST vaziyatni oʻrganishga kirishadi
16-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vaksinalar xavfsizligi boʻyicha maslahat qoʻmitasi “AstraZeneca” preparati xavfsizligini tekshirish uchun yigʻiladi.
Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.
“JSST vaksina xavfsizligi qoʻmitasi mavjud dalillarni Yevropa dori vositalari agentligi bilan yaqin hamkorlik asosida koʻrib chiqdi va ertaga ushbu masalada uchrashuv oʻtkazadi”, deydi Gebreyesus.
Uning taʼkidlashicha, dori vositalaridan foydalanishni toʻxtatish bu kuzatuv tizimining samaradorligini koʻrsatadigan odatiy hol ekan.
“AstraZeneca” vaksinasi nimasi bilan xavfli?
Dastlabki, ammo hali rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, ushbu vaksinani qabul qilgan odamlarda qonning quyuqlashishi kuzatilgan va bu oʻlimlarga sabab boʻlmoqda.
Xususan, Daniyada vaksina bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan oʻlim holati haqida maʼlumot paydo boʻlganidan keyin ushbu vaksinadan foydalanishni bekor qilgan davlatlar soni otmoqda.
Avstriyada “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlangan 49 yoshli ayol qon aylanish tizimining ogʻir buzilishi natijasida vafot etgani, yana bir ayolda qon aylanish tizimida buzilish holati kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kompaniya esa hozirgacha vaksina va tromb shakllanishi oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻrisida aniq xulosa qilinmagani haqida bayonot bermoqda.
"Qon quyuqlashishi haqidagi xavotirlarga javoban ”AstraZeneca" COVID-19 vaksinasining ilmiy asoslangan xavfsizligini tasdiqlamoqchi", deyiladi kompaniya tomonidan berilgan bayonotda.
Bunday xabarlarni tarqalishi vaksinalarga boʻlgan umidlarni soʻnishiga ham sabab boʻlayotgandek. Vaholanki, hozirga qadar birorta vaksinaning kasallikdan toʻla himoya qilishi hali isbotlanmagan. Buni JSST vakili ham aytib oʻtdi va kasallikka qarshi choralarni kuchaytirmaslikka chaqirdi.
JSST rasmiy vakili Tarik Yazarevichning aytishicha, koronavirusga qarshi kurashda mamlakatlarning asosiy xatosi faqat vaksinalarga ishonishdir.
“Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi kurashning asosi boʻlib qolmoqda: ularni kuchaytirish kerak”, deydi Yazarevich.
Qaysidir maʼnoda Yazarevichning gaplariga jon bordek.
Oldinroq, Oʻzbekiston YUNISEF taqdim etgan jadvalga asosan 2 mln 640 ming doza “AstraZeneca/Oxford” vaksinasini olishi va uning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etishi haqida xabar bergan edik.
Fazliddin Abilov tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring