Soʻx tumanida yapon choyini yetishtirish yoʻlga qoʻyilmoqda

17:08 31 Yanvar 2025 Jamiyat
129 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining purviqor togʻlar, zilol suvli soylar bagʻrida joylashgan, tabiati goʻzal va betakror Soʻx tumanida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish tobora ommalashib bormoqda.

Ayni paytda tumanda tashkil etilgan “Soʻx Shafran eksport” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan “Chashma” MFY hududida 12 gektar yer oʻzlashtirilib, zaʼfaron oʻsimligi yetishtirilyapti. Oʻtgan yili 20 kilogramm hosil olinib, uning salmoqli qismi eksportga joʻnatildi. Hozirda zaʼfaronni Quvayt va Polsha davlatiga eksport qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

— Jahon bozoridagi talab va taklifni oʻrganib, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari bilan hamkorlikda yapon choyi yetishtirish maqsadida yana bir istiqbolli loyihani amalga oshirishga kirishdik, —deydi “Soʻx Shafran eksport” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Rashodjon Odilboyev. — Sinov tariqasida dastlabki ekilgan 100 tup yapon choyi koʻchatining 90 tasi bexato oʻsdi. Demak, Soʻxning tabiiy-iqlim sharoiti yapon choyini keng miqyosda yetishtirish va eksport qilish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер