“Sizlardan umidimiz katta” — Xalq taʼlimi vaziri Oʻzbekiston sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladigan oʻquvchilar bilan uchrashdi
Xalq taʼlimi vazirligida matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Xalq taʼlimi vaziri kuni kecha Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik 10 nafar oʻquvchini gʻalaba bilan qutlar ekan, ularga kelgusi nufuzli Olimpiadalarda ham ulkan yutuqlar tiladi va esdalik sovgʻalar taqdim etdi.
Oʻquvchilar bilan suhbat jarayonida ularning kelgusida oldilariga qoʻygan maqsadlari, tanlagan kasblari va rejalari haqida soʻz bordi.
Vazir oʻquvchilarning gʻalaba qozonishlari uchun bugun barcha sharoitlar muhayyoligi, ulardan esa oʻz ustilarida qattiq ishlab Vatanimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishlari talab etilishini qayd etib, ulkan zafarlar tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring