“Silk Avia” aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti Toshkent shahriga oʻz parvozini amalga oshirdi
Joriy yil 25-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:04da “Silk Avia” mintaqaviy milliy aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti Bangkokdan Toshkent shahriga oʻz parvozini boshladi.
Havo kemasi texnik koʻrikdan oʻtdi va toʻliq boʻyaldi, shuningdek sinov parvozlarini amalga oshirib eksport sertifikatiga ega boʻldi.
Bangkokdan Toshkentga ATR 72-600 parvozining maksimal balandligi (7600 m) va masofasini (1500 km) hisobga olgan holda, ikkinchi bort ham birinchisi kabi oltita bekatda toʻxtashni amalga oshiradi. Xususan, Tailand, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda. “Silk Avia” aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti 28-mart kuni Toshkentga qoʻnishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 21-mart kuni Toshkent aeroportida “Silk Avia” aviakompaniyasining birinchi ATR 72-600 samolyotini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Anʼanaga koʻra, havo kemasi tantanali ravishda suv arkasi, ekipaj aʼzolari karnay va surnay sadolari ostida gullar bilan kutib olindi. Poytaxt aeroporti perronida samolyotni Uzbekistan Airports, “Silk Avia” kompaniyasi vakillari, jurnalistlar, blogerlar va aviaspotterlar kutib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring