Si Szinpin Xitoy armiyasining jangovar qobiliyatini malakali kadrlar orqali kuchaytirishni taklif qildi

22:22 30 Iyul 2022 Dunyo
1695 0

Foto: Sinxua

Si Szinpin Xitoy xalq-ozodlik armiyasining jangovar qobiliyatini malakali kadrlar orqali kuchaytirishni taklif qilmoqda.

Xitoy rahbari Si Szinpin yangi davrga mos keladigan malakali harbiy kadrlar tayyorlash orqali mamlakat armiyasining jangovar qobiliyatini kuchaytirishni taklif qildi. Xitoy rahbarining tegishli hujjati “Sinxua” axborot agentligi tomonidan eʼlon qilindi.

U dunyoda oʻzgarish va beqarorlik davri boshlanganini taʼkidladi. Shu munosabat bilan, armiya qoʻmondonligi harbiy kadrlarni kuchaytirishi kerak, shunda ular yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarga tayyor boʻlishadi.

Szinpin, shuningdek, askarlar va zobitlarni kasbiy tayyorlash tizimini optimallashtirish armiyani mustahkamlashning asosiy omili, deb hisoblaydi. Uning fikricha, armiya partiyaga sodiq odamlar qoʻmondonligi ostida boʻlishi kerak.

Shuningdek, Szinpin mamlakat mudofaasi masalalari markaziy rahbariyat apparatida ham, mahalliy hokimiyatlarda ham koʻrib chiqilishi va ishlab chiqilishi zarurligini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq, Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Fuszyan provinsiyasi qirgʻoqlarida jangovar mashgʻulotlarni boshlagani xabar qilgan edik.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?