Shimoliy Koreya Rossiya uchun harbiy zavod qurmoqda
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uchun yirik harbiy zavod qurish haqida farmon chiqardi. Bu haqda AQSHning “Planet Labs” kompaniyasi tomonidan olingan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari tahlillari maʼlum qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yangi ishlab chiqarish majmuasi Shimoliy Koreya hududidagi allaqachon mavjud harbiy zavod yaqinida barpo etilmoqda. Zavod mahsulotlari Shimoliy Koreya ehtiyojlari uchun emas, balki Rossiya armiyasi uchun moʻljallangan.

Seuldagi Fridrix Naumann jamgʻarmasining Koreya byurosi rahbari Frederik Sporning BILD nashriga taʼkidlashicha, Rossiyaga qurol eksport qilish Shimoliy Koreya uchun muhim daromad manbaiga aylangan.
— “Ukraina urushi chogʻida rossiyaliklar uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchilarining bir qismini yoʻqotdi. Shu bois, Rossiya quruqlikda qoʻllanadigan ballistik raketalarga katta eʼtibor qaratmoqda. Shimoliy Koreya esa KN-23 kabi qisqa masofali ballistik raketalarni yetkazib berayotgani aniq”, — deydi Frederik Spor.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil davomida Shimoliy Koreyada oʻq-dorilar ishlab chiqarish ancha jadallashgan. Pxenyan Rossiyaga millionlab snaryadlar va koʻplab raketalar yetkazib bergani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring