Shanxayda koronavirus epidemiyasi tufayli eng katta lokdaun joriy etildi
Arxiv surat
Xitoyning Shanxay shahri maʼmuriyati “COVID-19” pandemiyasi boshlanganidan beri eng katta lokdaunni joriy qildi va jamoat transporti hamda shahar hayotini qoʻllab-quvvatlamaydiganlarni masofadan ishlashga chaqirdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri yozmoqda.
Maʼmuriyat mahalliy aholini koronavirus borligini tekshirish uchun shaharning janubiy, sharqiy va gʻarbiy qismlarini yopadi.
25 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan shahar aholisiga qatʼiy karantinga rioya qilish buyurilgan. Rasmiylarning bu qaroriga “COVID-19” bilan kasallangan 3,5 ta holat sabab boʻldi. Taʼkidlanishicha, virusni yuqtirganlarning ayrimlarida infeksiya alomatlari kuzatilmagan.
Maʼlum qilinishicha, lokdaun ikki bosqichda joriy etiladi: 28-martdan 1-aprelgacha Xuanpu daryosining sharqiy va janubidagi hududlar karantinga olinadi. 1-apreldan 5-aprelgacha uning gʻarbidagi hududlar aholisi uchun lokdaun joriy etiladi. Ikki hudud oʻrtasidagi transport aloqasi toʻxtatiladi. Bu davrda shahar aholisi jamoat transporti yoki taksidan foydalana olmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring